Humoyun Mahmudov
Xalqaro CELTA sertifikatiga ega ingliz tili va IELTS instruktori
Xalqaro Webster universiteti magistri va CELTA sertifikati egasi. 2022-yildan beri General English va IELTS bo'yicha 500+ o'quvchiga dars berganman, o'z Telegram kanalimda esa ingliz tili bo'yicha foydali materiallar ulashaman.
Men haqimda
Ingliz tilini 7–8 yil davomida qo'shimcha kurslar va mustaqil o'rganish orqali o'zlashtirganman. Shaxsiy IELTS balim 8 va bu ballni bir necha marta qo'lga kiritganman. Shu yo'l menga o'quvchi qayerda qiynalishini aniq ko'rishga va natijaga olib boradigan mashqlar hamda odatlarni tanlashga yordam beradi.
O'z ustimda doimo ishlayman: 2025-yilda CELTA sertifikatini oldim, 2026-yilda Webster universitetida ta'lim va innovatsiyalar bo'yicha magistraturani tamomladim. Dars berish bilan birga o'z Telegram kanalim uchun materiallar tayyorlayman va IELTS tayyorgarligi uchun o'z veb-saytimni yuritaman.
Ta'lim
-
2026
Magistratura: Ta'lim va innovatsiyalar
Webster University Tashkent. 2026-yilda tamomlangan.
-
2025
CELTA sertifikati
EduAction (IDP), Toshkent.
-
2020–2024
Bakalavr: Ingliz filologiyasi
O'zbekiston Jahon tillari universiteti.
-
Maktab
Ixtisoslashtirilgan maktab
Gumanitar fanlarga ixtisoslashgan maktab.
Tajriba
-
2022 – hozir
Ingliz tili o'qituvchisi, IELTS ZONE
Ingliz tilidan General English va IELTS bo'yicha dars beraman.
Loyihalar
Aloqa
Savol, hamkorlik yoki dars bo'yicha yozmoqchi bo'lsangiz, Telegram yoki email orqali murojaat qiling.